«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 28 Issue 2 (2022)
DINIY FRAZEOLOGIZMLARNING ICHKI SHAKLI DINAMIK HODISA SIFATIDA
Sultonova, Shoxista, Usmonov, Otabek
Abstract
<p><em>Maqolada diniy frazeologizmlarning ichki shakli va frazeologik maʼno o‘rtasidagi mutanosiblik masalasi o‘rganilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun ko‘p aspektli fanlararo yondashuvga asoslanilgan hamda semantik metod, komponent tahlil metodi, lingvomadaniy tahlil metodi, kommunikativ tilshunoslik metodlari, xususan, transformatsion metodika qo‘llanilgan. Qo‘shimcha tadqiqot usullari sifatida etimologik sharhlash va lug‘at taʼriflari (definitsiyalari)ni semantik tahlil qilish usullari qo‘llanilgan. Natijada diniy frazeolik birlik ichki shaklining muhim xususiyati uning dinamik tushuncha ekanligi, uni so‘zlovchilar tomonidan idrok qilish til taraqqiyotining turli davrlarida o‘zgarib borishi hodisasi yoritilgan.</em></p>
Kalit so‘zlar: frazeologik birlikichki shaklfrazeologik maʼnofrazeologik birlik prototipidiniy frazeologizmetimologik maʼnodiaxron va sinxron motivlashtirilganlikdiniy anʼanatransformatsiya.phraseological unit
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.