«FarDU ilmiy xabarlari» 28-том 5-сан (2022)
TARIXIY ROMANDA SYUJET VA XARAKTER
Rahimov, Zokir
Аннотация
<p><em>O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo” romanlarida voqea-hodisalar va xarakterlar talqinida hayotiylikka erishish, tasvirda yangilikka intilish natijasida adib asarlari polifonik xususiyat kasb etgan. Natijada, ijodkor milliy romanchiligimiz poetikasiga qator yangiliklarni olib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Lekin yozuvchining tarixiy romanlari poetikasiga xos jihatlar va uslubiy izlanishlar maxsus tadqiq etilmaganligi bois, ularni ilmiy-estetik tahlil qilish zaruriyati yuzaga keldi. Chunki yangi davr badiiy-estetik qarashlari asosida o‘zbek tarixiy romanlari poetikasi bir ijodkor misolida yaxlit o‘rganilmagan. Shuning uchun ushbu masalani O‘zbekiston xalq yozuvchisi O.Yoqubov adabiy mahorati negizida tahlil qilishni muhim deb bildik. Keyingi yillarda adabiyotshunoslikda umumjahon tarixiy romanchiligining yutuqlari bilan sharqona badiiyat o‘ziga xos tarzda birlashib borayotgani adibning tarixiy romanlariga bugungi kun nuqtai nazaridan munosabat bildirish imkonini berdi. Ayni paytda, “Ulug‘bek xazinasi” va “Ko‘hna dunyo” romanlarini yaxlit holda, “xususiy poetika” aspektida maxsus tadqiqot obyekti qilib olish yuqoridagi fikrlar mundarijasini yana ham kengaytirib, zaruriy xulosalar chiqarish imkonini yaratadi. Maqolada adibning tarixiy romanlari misolida syujet qurish, xarakter yaratish mahorati va o‘ziga xos uslubi tadqiq qilingan. Boshqa tarixiy romanlari bilan qiyosiy o‘rinlar adib mahoratini aniqlashga yordam bergan.</em></p>
syujetxarakterkonfliktuslubmahorattarixiy romandavr va sharoitmantiqiy izchillikvoqelikafsona va rivoyatlar
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.