Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар 5-jild 4-son (2025) · 346-350-betlar
MILLIY KERAMIKA NAQSHLARINING ESTETIK VA SEMANTIK JIHATLARI
Makhsuda Atakhanovna, Boboyeva
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek milliy keramika san’atida qo‘llaniladigan naqshlarning estetik va semantik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda turli naqshlar va ularning ramziy ma’nolari, hududiy xususiyatlari hamda xalq madaniyatidagi o‘rni o‘rganiladi. Ayniqsa, naqshlarning shakli, rang palitrasi, ramzlar orqali xalq dunyoqarashi qanday ifoda topgani yoritiladi. Shuningdek, naqshlar orasida mavjud bo‘lgan diniy, tabiatga oid va falsafiy motivlar orqali milliy identitet qanday mustahkamlanishi ko‘rib chiqiladi.
o‘zbek keramika san’ati, naqshlar, estetika, semantika, ramz, milliy meros, madaniy identitet, hududiy uslublar, ranglar, shakllar
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.