Таълим ва инновацион тадқиқотлар 6-son (2022) · 223-227-betlar
TURKISTON MAKTABLARINING TASHKIL ETILISHIDA JADIDCHILIK HARAKATI, XOTIN-QIZLAR TA`LIMI AHAMIYATI (XIX ASR IKKINCHI YARMI – XX ASR BOSHLARI): Nazarov Alisher Abdisamadovich, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti
Назаров Алишер Абдисамадович
Annotatsiya
Ushbu maqola XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlaridagi milliytaraqqiyparvarlik harakati tarixiga oydinlik kiritadi va bu harakatning jadidchilik oqimi bilan aloqalarini yoritib beradi. Chuningdek maqolada jadidchilik tarixi va uning ma’rifatparvarlikdan mustaqillikka o‘tish g`oyasining amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Jadidlar boshidanoq musulmon diniy maktablarining an’anaviy ta’lim tizimini isloh qilish, xotin-qizlar ta’limi, oila masalasi, yangi uslubdagi maktablar, nashriyot, teatr, ijtimoiy, siyosiy va madaniy muassasalar tashkil etishni maqsad qilgan edilar. Ular ayniqsa o`lkada xotin-qizlar ta`limini tubdan isloh qilish g`oyasini ilgari surdilar va amalda qo`lladilar. Mazkur jarayonning xorij olimlari tomonidan o`rganilishi natijalari izohi keltiriladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.