Таълим ва инновацион тадқиқотлар № 7 (2026)
FONETIK VA GRAFIK JIHATDAN O‘ZLASHGAN ARAB DIPLOMATIK TERMINLARI: Mirziyatov Shuhrat, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Mirziyatov Shuhrat
Аннотатсия
Ushbu maqolada diplomatiya va xalqaro munosabatlar sohasidagi arab tili diplomatik terminlarining oʻzlashishi hamda ularning til muhitiga moslashish jarayonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda Arab standartlashtirish oliy qoʻmitasi (AIDMO) ichki nizomiga tayangan holda xorijiy atamalarning arab tiliga kirib kelish usullari — arablashtirish ( ta’rīb ), fonetik koʻchirish ( an-naql aṣ-ṣawtī ), leksik oʻzlashtirish ( al-iqtirāḍ al-lughawī ) va fonetik transliteratsiya ( at-tarjama aṣ-ṣawtiyya ) kabi toʻrtta asosiy tabaqalanish doirasida oʻrganilgan. UNESCO, UNICEF, NATO va Interpol kabi xalqaro tashkilotlar hamda diplomatik terminlar misolida oʻzlashma birliklarning arab tili fonetik, grafik va grammatik tizimiga moslashish mexanizmlari yoritib berilgan.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.