Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA BAMIYA NAV NAMUNALARINING FENOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI QIYOSIY BAHOLASH
Matkurbanova Gulistan Aytmuratovna, Matiyakubov Xudoyar
Аннотация
Ushbu tadqiqotda 2023–2025 yillarda bamiya nav-namunalarining fenologik ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rganildi. Tadqiqotda nav-namunalarning urug‘larni unib chiqish davri, urug‘larni unib chiqqan vaqtdan birinchi gullashgacha bo‘lgan muddat, birinchi va oxirgi terimgacha bo‘lgan kunlar hamda hosil berish davri tahlil qilindi. Olingan natijalarga ko‘ra, nav-namunalarda urug‘larning unib chiqishi 5–10 kunni, birinchi gullash davri 50–55 kunni tashkil etdi. Birinchi terim 56–60 kundan keyin boshlangan bo‘lsa, oxirgi terim 121–130 kunlarda qayd etildi. Ayrim nav-namunalarda hosil berish davri va mahsuldorlik ko‘rsatkichlari andoza navga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitiga mos, ertapishar va yuqori hosildor bamiya nav-namunalarini tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
bamiyanavduragayfenologik ko‘rsatkichlarurug‘larning unib chiqishigullashbirinchi hosilhosil berish davri.bamiavariety
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.