Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QORAQALPOG‘ISTON TUPROQ IQLIM SHAROITIDA BODRINGNI YETISHTIRISHDA, O‘SIMLIK FENOFAZALARINI O‘TISH DAVOMIYLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI
Allamjarova Gulbaxar Axmetovna, Yerejepova Gulbaxar Tajetovna
Abstract
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida bodringning Saturn F1 va Zena F1 duragaylarini turli ekish muddatlarida yetishtirish natijalarining ayrim fenologik ko‘rsatkichlari keltirilgan. Tadqiqotlarda bodring duragaylarining urug‘larning unib chiqishi, 10 va 75 %lik gullash davri, birinchi hosilni terishga kirish muddati hamda hosil berish davri davomiyligi o‘rganilgan. Tajriba natijalari ekish muddatining bodring duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi va hosilga kirish muddatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Eng maqbul ekish muddatini aniqlash orqali Qoraqalpog‘iston sharoitida bodringdan yuqori hosil olish, shuningdek, vegetatsiya davrida o‘simliklarning qulay harorat sharoitlaridan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
bodringduragayekish muddatifenologik ko‘rsatkichlarurug‘larning unib chiqishigullashbirinchi hosilhosil berish davri.cucumberhybrid
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.