Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA TURLI EKISH MUDDATLARINING BODRING DURAGAYLARI HOSILDORLIGI VA TOVARBOP MAHSULOT MIQDORIGA TA’SIRI
Allamjarova Gulbaxar Axmetovna, Yerejepova Gulbaxar Tajetovna
Annotaciya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida bodring duragaylarini turli ekish muddatlarida yetishtirishning hosildorlik ko‘rsatkichlari va tovarbop mahsulot miqdoriga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Saturn F1 va Zena F1 duragaylarining aprel oyining III o‘n kunligi, may oyining I, II va III o‘n kunliklarida ekilishida meva massasi, umumiy hosildorlik, tovarbop mahsulot ulushi hamda tovarbop hosildorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan natijalar ekish muddatining bodring duragaylari hosildorligi va mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Saturn F1 duragayida eng yuqori umumiy hosildorlik may oyining II o‘n kunligida 30,2 t/ga, tovarbop hosildorlik 28,2 t/ga ni tashkil etgan. Zena F1 duragayida esa mazkur ekish muddatida umumiy hosildorlik 32,1 t/ga, tovarbop hosildorlik 30,1 t/ga va tovarbop mahsulot ulushi 93,8 % ga yetgan. Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston sharoitida bodring duragaylarini yetishtirishda maqbul ekish muddatini tanlash hosildorlik va tovarbop mahsulot chiqishini oshirishda muhim agrotexnologik omil ekanligini ko‘rsatadi.
Bodringduragayekish muddatiQoraqalpog‘istonhosildorliktovarbop mahsulottovarbop hosilmeva massasiSaturn F1Zena F1
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.