Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA TUPROQ ORGANIK MODDASINI SAQLASH VA OSHIRISH YO‘LLARI (Termiz tumani taqir-o‘tloqi tuproqlari misolida)
Jamshid Abdinazarov, Yulduz Abdurahmonova Mamarajabovna
Annotaciya
Ushbu maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida tuproq organik moddasini saqlash va ko‘paytirishning ilmiy-amaliy asoslari yoritilgan. Termiz tumani sharoitida tarqalgan taqir-o‘tloqi tuproqlarning unumdorligini saqlashda gumus miqdori, o‘simlik qoldiqlari, ildiz massasi va organik o‘g‘itlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tuproq organik moddasi tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xususiyatlarini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlarda organik o‘g‘itlardan foydalanish, g‘o‘za ildiz va ang‘iz qoldiqlarini tuproqqa qaytarish hamda gumus balansini boshqarish tuproq unumdorligini saqlashning samarali usullari ekanligi ko‘rsatilgan.
tuproqorganik moddagumusorganik uglerodtaqir-o‘tloqi tuproqiqlim o‘zgarishiorganik o‘g‘itg‘o‘zaildiz qoldiqlarigumus balansi
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.