Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
PEKIN KARAMINING URUG‘LARINI UNIB CHIQISHI.
Jumanov Laziz Azizjon o‘g‘li, Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich
Annotaciya
Mazkur tadqiqotda pekin karamining turli duragaylarida urug‘larning unib chiqishi hamda dastlabki rivojlanish bosqichlarining davomiyligi o‘rganildi. Kuzatuvlar 2023–2026 yillar davomida olib borilib, duragaylarning 10 va 75 foiz unish ko‘rsatkichlari, birinchi chinbarg va 4–5-chinbarg hosil bo‘lish muddatlari aniqlandi. Tadqiqot natijalari pekin karami duragaylari o‘rtasida unish tezligi va dastlabki o‘sish-rivojlanish davrlari bo‘yicha muayyan farqlar mavjudligini ko‘rsatdi. Jumladan, urug‘larning 10 foiz unishi 3–4 kun, 75 foiz unishi esa 4–7 kun oralig‘ida kuzatildi. Birinchi chinbargning paydo bo‘lishi 8–11 kun, 4–5-chinbargning hosil bo‘lishi esa 14–17 kunni tashkil etdi. Olingan natijalar pekin karami duragaylarining ertapisharlik xususiyatlarini baholash, ko‘chat etishtirish muddatlarini belgilash va maqbul duragaylarni tanlashda muhim ahamiyatga ega
pekin karaminavduragaylaretishtirishchinbargertapisharlikurug‘unisho‘sish-rivojlanish.pekin cabbage
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.