Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
PARKENT TUMANI SHAROITIDA SHINGIL BARG O‘ROVCHISI (LOBESIA BOTRANA Den.et Schiff.) RIVOJLANISH FENOLOGIYASI
Ubaydullaev Sardor Ixtiyor o‘g‘li, Saidov Istam Rustamovich
Аннотация
Ushbu maqolada Toshkent viloyati Parkent tumani sharoitida tokning asosiy zararkunandalaridan biri – shingil barg o‘rovchisi (Lobesia botrana Den. et Schiff.)ning bioekologik xususiyatlari va rivojlanish fenologiyasini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqiotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi shingil barg o‘rovchisining rivojlanish bosqichlari, avlodlar almashinuvi, populyatsiya dinamikasi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy abiotik omillarni aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqotlar 2019-2023 yillarda Parkent tumanidagi “Baynalminal plyus”, “Changi Rasuljon”, “Shampan Akmal Mastona”, “Shampan Adash ota” va “Shampan Alixon” fermer xo‘jaliklarining turli yo‘nalishdagi tokzorlarida olib borildi. Kuzatuvlar davomida zararkunandaning rivojlanish fazalari, havo harorati va nisbiy namlik ko‘rsatkichlari hamda foydali harorat yig‘indisi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, shingil barg o‘rovchisi g‘umbaklik fazasida qishlashi, bahorda o‘rtacha 15,9-16,6 ℃ havo haroratida kapalaklarning uchib chiqishi va mavsum davomida uch marotaba avlod berishi aniqlandi. Bir avlodning to‘liq rivojlanishi uchun o‘rtacha 30-35 kun va 354,2-357,4 ℃ foydali harorat yig‘indisi talab etilishi o‘rganildi. Shuningdek ikkinchi avlodning uzum mevalariga sezilarli darajada yuqori zarar yetkazishi qayd etildi. Olingan natijalar shingil barg o‘rovchisiga qarshi kurash choralarini mahalliy sharoitda optimal muddatlarda tashkil etish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
uzumkemiruvchi zararkunandaoilashingil barg o‘rovchisipopulyatsiyadinamikaavlodfenologiyafoydali harorat.grapevine
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.