Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
OLMANING BAKTERIAL KUYISH KASALLIGIGA QARSHI KURASHISHDA KASU BEREKE QCC, SUS.K (KASUGAMITSIN+OKSIN MEDI) FUNGITSIDIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Umarov Zafar Abdishukurovich, Islomov Ramziddinxon Nizom o‘g‘li
Annotaciya
Tajriba natijalari tahlili shuni ko‘rsatdiki, olma ekinida bakterial kuyish (Erwinia amylovora) kasalligiga qarshi qo‘llanilgan turli preparatlar turli darajada samaradorlikka ega bo‘ldi. Nazorat variantida (ishlov berilmagan holatda) barg, meva va novdalarning zararlanish darajasi 41,3 % ni tashkil etgan, kasallik rivojlanish ko‘rsatkichi esa 24,1 % ga teng bo‘ldi. Bu holat bakterial infeksiya tabiiy sharoitda tez tarqalishini va yuqori intensivlikda rivojlanishini ko‘rsatadi. Sinov natijalariga ko‘ra Kasu bereke QCC, сус.к. fungitsidi olmaning bakterial kasalligiga qarshi 1,5 l/ga sarf-me’yorda qo‘llanilganda kasallik bilan zararlanishi barg, meva va novdada 7,0% ni tashkil etgan bo‘lsa, kasallikni rivojlanishi esa 2,7% gacha kuzatildi. Biologik samaradorlik 88,7% gachani nomoyon etdi.
bakterial kuyisholmafungitsidCopside Plus WP 50% н.кук Kasu bereke QCCсус.к.Keywords: fire blightapplefungicideCopside Plus WP 50% WP
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.