Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BROKKOLI NAVLARIDAN OLINGAN KUKUNLARDA BIOAKTIV KOMPONENTLARNING SAQLANISH BARQARORLIGI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI
Nurmatov Sherzod Shakarbayevich
Аңдатпа
Maqolada turli brokkoli duragaylaridan maqbul quritish texnologiyasi asosida olingan kukunlarning 12 oylik saqlash davrida fizik-kimyoviy sifat ko‘rsatkichlari va bioaktiv komponentlarining barqarorligi baholandi. Namunalar 55°C harorat, infraqizil nurlanish va 1,5 m/s havo oqimi tezligida quritilib, saqlash davomida namlik, suv faolligi (aw), rang, askorbin kislota, fenolik birikmalar, flavonoidlar, xlorofill va antioksidant faollik o‘zgarishlari aniqlandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Naxos F1 eng yuqori saqlanish barqarorligini namoyon etib, 12 oydan keyin askorbin kislotaning 83,2%, fenolik birikmalarning 88,7%, flavonoidlarning 87,9%, xlorofillning 83,5% va antioksidant faollikning 89,0% qismi saqlanib qoldi. Suv faolligi 0,33, umumiy rang farqi esa ΔE = 3,91 ni tashkil etdi. Agassi F1 ham yuqori barqarorlik ko‘rsatdi. Natijalar brokkoli kukunining uzoq muddatli saqlanish xususiyatlari duragayga bog‘liqligini hamda Naxos F1 va Agassi F1 yuqori sifatli kukun ishlab chiqarish uchun istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi.
brokkolibrokkoli kukuniduragaysaqlash barqarorligibioaktiv komponentlaraskorbin kislotafenolik birikmalarxlorofillantioksidant faollik.broccoli
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.