Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
Zarafshon vohasi sharoitida chakanda (Hippophae rhamnoides L.) o'simligi entomofaunasining tur tarkibi va biotoplar bo'yicha tarqalishi
Malikov Dilshod Boymurod o‘g‘li
Abstract
Maqolada Zarafshon vohasi sharoitida tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simlik — chakanda (Hippophae rhamnoides L.) bilan trofik jihatdan bog'liq bo'lgan entomofauna va akarofaunaning tur tarkibi hamda uning ekologik guruhlari tahlil etilgan. 2023–2026 yillar davomida Zarafshon daryosi havzasi bo'ylab tashkil etilgan 7 ta ko'rsatkichli punkt va 10 ta doimiy kuzatuv stansiyasida olib borilgan dala tadqiqotlari natijasida chakandaning ildiz, poya, barg, gul va meva organlarida rivojlanuvchi 11 tur (turkumga oid taksonlar) qayd etildi, ulardan 10 tasi zararkunanda, 1 tasi esa tabiiy entomofag (Syrphidae) hisoblanadi. Aniqlangan turlar 5 turkumga (Diptera, Hemiptera, Acari, Lepidoptera, Coleoptera) mansub bo'lib, asosiy iqtisodiy zarar keltiruvchi turlar sifatida karpofag Rhagoletis batava, fillofag Capitophorus hippophaes hamda gall hosil qiluvchi Aceria hippophaena ajralib turadi. Olingan natijalar xorijiy — xususan Sharqiy Osiyo (Xitoy), Yevropa va Qozog'iston — hududlarida o'tkazilgan tadqiqotlar ma'lumotlari bilan qiyoslandi. Qiyosiy tahlil shuni ko'rsatdiki, Sharqiy Osiyoda ksilofag turlar (Deserticossus hippophaecolus, Holcocerus arenicola) yetakchi zarar manbai hisoblansa, Zarafshon vohasida karpofag va fillofag turlar ustunlik qiladi, bu esa mintaqaviy ekologik sharoitlarga bog'liq holda chakanda entomofaunasi tarkibining farqlanishini tasdiqlaydi.
Hippophae rhamnoidesentomofaunaZarafshon vohasiRhagoletis batavaCapitophorus hippophaesAceria hippophaenabiotopekologik guruhzararkunanda.Hippophae rhamnoides
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.