Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2025)
SOBURJONOVA, A.ALLAYAROV. Karamdosh ekinlarda soxta un-shudring kasalligining tarqalishi
Soburjonova Nodira Murodbekovna, Allayarov Abduraxman Nazaralievich
Annotatsiya
Toshkent viloyati sharoitida bu kasallikni o‘rganish davomida uning iqtisodiy zarari yog‘ingarchilik ko‘p, harorat past kelgan yillarda sezilarli bo‘lib, 50% gacha ko‘chatlar kasallik bilan zararlanishi qayd etilgan. Karamdosh ekinlarning ko‘chatlarida soxta un-shudring kasalligining eng ko‘p tarqalishi va rivojlanishi oqbosh karam (49,5% va 32,3%) hamda gulkaramda (46,1% va 29,2%) kuzatilgan bo‘lsa, nisbatan kamroq brokkoli (25,6% va 17,1%), Xitoy karami (21,3% va 15,6%), qizilbosh karamlarda (18,2% va 9,5%) kuzatildi. Kalit so‘zlar: oqbosh karam, gulkaram, brokkoli, kolrabi, bargli karam qizilbosh karam, xitoy karami, zamburug‘, soxta un-shudring.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.