Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
Tajriba dalasining suv balansi va loviya navlarining suv iste'moli
Otayarova Gulshoda Uzakovna, Xalilov Nasriddin, Tursunov Shermuxammad Nurmamatovich, Ravshanova Nilufar Adilovna
Annotatsiya
Maqolada tajriba dalasining suv balansi va unga bog'liq holda loviya navlarining suvga bo'lgan talabi yoritilgan. Loviyaning Ravot va Mahsuldor navlari ekilgan maydonlarning umumiy namlikni sarflashga va suv balansi elementlari ko'rsatkichlariga bevosita ta'sir etganligi aniqlandi. Bundan tashqari, umumiy namlik sarfi loviya naviga, uning hosildorligiga va ob-havo, ya'ni meteorologik sharoitga ham bog'liq. Loviyaning Ravot va Mahsuldor navlarida sug'orish oldi tuproq namligi tartibi ortishiga qarab umumiy suv sarfi ham ortib borganligi hisobga olindi. Sug'orish oldi tuproq namligi ChDNS ga nisbatan 70-60-60 % (nazorat) sug'orish tartibida suv oz sarflanganligi qayd etildi. Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, Ravot navining umumiy suv iste'moli (suvga bo'lgan talab) 3454-4067m3/ga o'rtasida, Mahsuldor navida esa 3303-3947 m3/ga o'rtasida tajriba o'tkazilgan yillar bo'yicha o'zgarib turganligi aniqlandi.
Suv balansisuv rejimituproq qatlamiloviyasuv iste'molisuv bug'latishsuv sarfiChDNSsizot suvlari
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.