Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YAYLOV YERLARIDA GEOBOTANIK TADQIQOT JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH
G‘aniyev Ochilbek Orifjon o‘g‘li
Abstract
Yaylov yerlaridan oqilona va samarali foydalanishda geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish hamda monitoring jarayonlarini tizimli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada yaylov yer maydonlarida geobotanik tadqiqotlarni raqamli texnologiyalar asosida amalga oshirishning ilmiy-amaliy samaradorligi yoritilgan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan onlayn va oflayn tizimda ishlaydigan “GeoPasture” nomli mobil ilovasi ishlab chiqildi. Ilova dala kuzatuvlarini GPS texnologiyasi asosida aniq qayd etish, o‘simlik turlarini ro‘yxatga olish, geobotanik ma’lumotlarni elektron shaklda jamlash hamda ularni yagona ma’lumotlar bazasida saqlash imkonini beradi. Natijada dala tadqiqotlarining aniqligi va tezkorligi oshadi, vaqt hamda mehnat resurslari tejaladi, shuningdek yaylov monitoringi jarayonining shaffofligi va samaradorligi ta’minlanadi.
raqamlashtirishgeobotanikamobil ilovageoaxborot tizimiyaylov yerlari“GeoPasture”shaffofliksamaradorlik.digitalizationgeobotany
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.