Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MAHALLIY VA XORIJIY KUZGI YUMSHOQ BUG‘DOY NAMUNALARINING NAZORAT KO‘CHATZORIDAGI BIOMETRIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Ravshanbek Inomjonovich Siddiqov, Fazliddin Ergashovich Uzaqov
Abstract
Mazkur tadqiqotda kolleksiya ko‘chatzoridan tanlab olingan mahalliy va xorijiy kuzgi yumshoq bug‘doyning 18 ta namunasi hamda Chillaki va Krasnodar-99 standart navlari nazorat ko‘chatzorida asosiy biometrik va mahsuldorlik elementlari bo‘yicha baholandi. Tadqiqotning maqsadi yuqori mahsuldorlikni ta’minlovchi morfologik belgilarga ega bo‘lgan istiqbolli genotiplarni aniqlash va ularning seleksion ahamiyatini baholashdan iborat bo‘ldi. Tahlillar natijasida o‘simlik bo‘yi 86,6–105,9 sm, boshoq uzunligi 8,7–10,3 sm, bir boshoqdagi boshoqchalar soni 18,2–21,5 ta, donlar soni 38,7–48,3 ta, bir boshoq don vazni 1,6–2,1 g, 1000 don vazni 38,7–44,3 g, mahsuldor boshoqlar soni 360,5–375,2 dona/m² va biologik hosildorlik 58,8–78,8 s/ga oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Kompleks baholash asosida KN-5224, KN-446, KN-4035, AS-2011-D11, AS-2006-D10 va AS-2009-D1 namunalari mahsuldorlik elementlarining uyg‘un shakllanganligi bilan ajralib turdi. Ayniqsa, KN-5224 namunasi bir qator belgilar bo‘yicha ikki standart navdan ustunlik qilib, eng yuqori biologik hosildorlik imkoniyatini namoyon qildi. Olingan natijalar mazkur genotiplarni yangi yuqori hosildor kuzgi bug‘doy navlarini yaratishda qimmatli boshlang‘ich seleksion material sifatida tavsiya qilish imkonini beradi.
kuzgi yumshoq bug‘doykolleksiya ko‘chatzorinazorat ko‘chatzoribiometrik ko‘rsatkichlarboshoq mahsuldorligi1000 don vaznibiologik hosildorlikseleksiya.winter soft wheatcollection nursery
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.