Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TRIXOGRAMMA PARAZITINI ZARARKUNANDA TUXUMLARIGA QARSHI QO‘LLASHNING TURLI USULLARI
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Azimjon Anorbayev Raimkulovich
Annotatsiya
Ushbu maqolada g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera) tuxumlariga qarshi trixogrammani tarqatishning ikki xil usulining biologik samaradorligi qiyosiy baholandi. Tajribalarda Trichogramma chilonis Ishii turi an’anaviy imago holatida qog‘oz qiyqimlarda va yangi usul sifatida trixokartalarda tarqatilib, ularning parazitlash darajasi hamda biologik samaradorligi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, trixokartalarda tarqatilgan trixogrammalarning dala sharoitida 5–6 kun davomida bosqichma-bosqich uchib chiqishi tufayli biologik samaradorligi 84 % ni tashkil etgan bo‘lsa, an’anaviy usulda bu ko‘rsatkich 46,3 % ni tashkil etdi. Shuningdek, trixokartlardan foydalanish ishchi kuchi va tarqatish xarajatlarini kamaytirishi aniqlandi. Olingan natijalar trixokartlardan foydalanish g‘o‘za tunlamiga qarshi biologik kurash samaradorligini oshirishda istiqbolli usul ekanligini ko‘rsatdi.
g‘o‘za tunlamiHelicoverpa armigeraTrichogramma chilonis Ishiitrixogrammatrixokartabiologik kurashentomofag.cotton bollwormHelicoverpa armigeraTrichogramma chilonis Ishii
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.