Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
KUNGABOQAR DURAGAYLARIDA BARG SATHINING SHAKLLANISHIGA MA’DANLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI
Nurmetova Manzura Anvarbek qizi, Satipov Gayipnazar Matvapayevich
Annotaciya
Maqolada 2024–2026 yillarda Xorazm vohasining o‘tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida kungaboqarning mahalliy «KK-52» F1 hamda xorijiy «Dushko» F1 (Serbiya) va «Svetlana» F1 (Rossiya) duragaylarida barg sathining shakllanishiga ma’danli o‘g‘itlarning to‘rt xil me’yori va ekish muddatlari (asosiy hamda takroriy ekin) ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, azotli fon oshishi bilan barg sathi ishonchli ravishda ortgan: gullash davrida eng yuqori ko‘rsatkich asosiy ekinda «Dushko» G‘1 duragayida N210P145K210 me’yorida 6644,5 sm²/tup ni tashkil etgan. Korrelyatsion tahlil azot me’yori bilan barg sathi o‘rtasida kuchli musbat bog‘lanish (r = 0,99; p < 0,001) mavjudligini, regression tahlil esa ushbu bog‘lanish chiziqli xarakterga ega ekanini (R² > 0,99) ko‘rsatdi. Kovariatsion tahlil (ANCOVA) barg sathining shakllanishida har uch omil — duragay, ekish tizimi va azot me’yori — statistik ishonchli (p < 0,001) ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Asosiy ekin takroriy ekinga nisbatan barg sathini o‘rtacha 23,5% ga oshirishi aniqlandi.
kungaboqarduragaybarg sathima’danli o‘g‘itlarazot me’yoriasosiy ekintakroriy ekinkorrelyatsiyaregressiyakovariatsion tahlil
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.