Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TURLI SUBSTRAT ARALASHMALARINING SHOLI BARG SATHI KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI
Xalbayev Akbar Namazovich
Аннотатсия
Ushbu tadqiqotning maqsadi turli substrat aralashmalarining Iskandar va Sadaf sholi navlari ko'chatlarida barg sathi ko'rsatkichlariga ta'sirini baholashdan iborat. Tadqiqot 2022–2024-yillarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borildi. Tajribada 100% tuproq (nazorat), 50% tuproq + 50% biogumus, 75% tuproq + 25% biogumus hamda 25% tuproq + 75% biogumus substrat aralashmalari qo'llanildi. Barg sathi Vishnu M. Bhan va H.K. Pande formulasi asosida hisoblandi. Tadqiqot natijalari biogumus qo'shilgan substratlar sholi ko'chatlarining barg apparati rivojlanishini sezilarli darajada yaxshilashini ko'rsatdi. Eng yuqori natijalar 50% tuproq + 50% biogumus variantida qayd etilib, Iskandar navida barg sathi 7,3 sm², Sadaf navida esa 7,6 sm² ni tashkil etdi. Mazkur variant nazoratga nisbatan barg sathini mos ravishda 65,9 va 68,9 % ga oshirdi. Tadqiqot natijalari sholi ko'chatlarini etishtirishda optimal substrat tarkibini tanlash va yuqori fotosintetik faollikka ega ko'chatlar etishtirish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.
sholibiogumussubstrat aralashmasibarg sathifotosintezko'chatIskandar naviSadaf navibiometrik ko'rsatkichlar.rice
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.