Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
KARTOSHKANING FUZARIOZ KASALLIGIGA QARSHI PREPARATLARNING SAMARADORLIGI
Raximov Umid Uktam o‘g‘li, Begimqulova Dilnoza Meyliyevna
Abstract
Mazkur tadqiqotda bahorgi Kartoshka ekinlarida uchraydigan asosiy kasalliklar, ularning tarqalish darajasi hamda hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Dala kuzatuvlari natijalariga ko‘ra, kartoshka ko‘chatlarining 10–12% qismi tuproq va urug‘ infeksiyasi sababli nobud bo‘lishi aniqlandi. Erta vegetatsiya davrida ildiz chirishi (7–11%), traxeomikoz tipidagi kasalliklar (10–15%) va urug‘ shikastlanishi (5–7%) kuzatildi. Mikologik tahlillar natijasida asosiy patogen sifatida Fusarium jinsiga mansub zamburug‘lar ustunlik qilishi, shuningdek Penicillium va Aspergillus avlodlari ham uchrashi qayd etildi. Tadqiqot natijalari urug‘larni ekishdan oldin fungitsidlar bilan ishlov berish unib chiqish ko‘rsatkichlarini oshirishi va kasallanish darajasini sezilarli kamaytirishini ko‘rsatdi. Eng yuqori biologik samaradorlik Vial TrasT preparatida (72,2%) qayd etildi. Olingan natijalar kartoshka ekinlarida kasalliklarni kamaytirish va hosildorlikni oshirishda urug‘likni himoyalashning muhimligini tasdiqlaydi.
kartoshkafusariozildiz chirishizamburug‘ kasalliklariurug‘lik tuganak infeksiyasifungitsidlarbiologik samaradorlikvegetatsiya davrikasallanish darajasihosildorlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.