Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TURLI XIL EKOTIZIMLARDA KARBONNING O‘ZGARISHI
Axatov Abdusamat, Buriyev Salimjan Samedjanovich, Baybaeva Nargiza Sayfutdinovna, Mirzaxamdamova Diyora Ulug‘bek qizi
Аннотация
Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonning janubiy qismida, Qashqadaryo viloyatining Hisor tog‘ tizmasidan cho‘l zonasigacha tarqalgan turli ekotizimlarda organik va mineral karbonning tuproq profili bo‘ylab taqsimlanishi, ularning zaxiralari hamda karbonat tarkibidagi karbon miqdori baholandi. Tadqiqot davomida baland tog‘, o‘rta tog‘, tog‘ oldi, cho‘l va tabiiy ekotizimlarda joylashgan tuproqlarning genetik qatlamlaridan namunalar olinib, gumus, organik karbon, mineral karbon va karbonatlar (CaCO₃, MgCO₃) laboratoriya sharoitida aniqlandi. Natijalar organik karbonning asosan tuproqning yuqori qatlamlarida, mineral karbonning esa chuqur qatlamlar va ona jinslarda to‘planishini ko‘rsatdi. Organik karbonning eng yuqori miqdori baland tog‘ ekotizimlarida, mineral karbonning yuqori ko‘rsatkichlari esa tog‘ oldi va cho‘l ekotizimlarida qayd etildi. Shuningdek, karbonatlarning parchalanishi natijasida ajraladigan karbonat angidrid miqdori hisoblab chiqildi. Olingan natijalar tuproq uglerod zaxiralarini baholash, ekotizimlarning ekologik holatini monitoring qilish hamda uglerod aylanishini prognozlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
ekotizimorganik karbonmineral karbontuproqkarbonatlaruglerod zaxirasikarbonat angidridHisor tog‘lariQashqadaryo.ecosystem
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.