Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BIOLABORATORIYALARDA ENCARSIA PARTENOPEA YETISHTIRISH VA UNING ZARARKUNANDALARGA QARSHI TA’SIRI
Xolliyev Asamiddin Turaevich, Elmurodov Maqsudjon Ziyodullo o‘g‘li
Annotaciya
Ushbu maqolada Aleyrodidae (oq qanotlilar) oilasiga mansub zararkunandalarga qarshi biologik kurashda Encarsia partenopea (Hymenoptera) entomofagidan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi biolaboratoriya sharoitida ushbu parazitoidni ko‘paytirishning samarali usullarini ishlab chiqish va uning turli ekinlardagi oq qanotli populyatsiyalarini nazorat qilishdagi rolini aniqlashdan iborat. Maqolada laboratoriya muhitida entomofagning rivojlanish sikli, yashovchanligi hamda optimal harorat va namlik ko‘rsatkichlarining ko‘payish tezligiga ta’siri bo‘yicha olingan natijalar bayon etilgan. Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, Encarsia partenopea oq qanotlilarning lichinkalik bosqichini samarali zararlab, zararkunanda miqdorini sezilarli darajada kamaytirish xususiyatiga ega. Maqolada, shuningdek, entomofagni ommaviy ko‘paytirish texnologiyasining texnik jihatlari va uni qishloq xo‘jaligi ekinlariga qo‘llash me’yorlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari kimyoviy preparatlar o‘rnini bosuvchi ekologik xavfsiz biologik himoya tizimini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma'lumotlar biolaboratoriya mutaxassislari va agronomlar uchun oq qanotlilarga qarshi kurash samaradorligini oshirishda amaliy tavsiya bo‘lib xizmat qiladi.
encarsia partenopeaoq qanotlilaraleyrodidaeentomofagbiologik kurashbiolaboratoriyako‘paytirish texnologiyasiparazitoidsamaradorlik.encarsia partenopea
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.