Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ISSIQXONA SHAROITIDA YETISHTIRISHGA MOSLASHGAN BODRING DURAGAYLARINI YARATISHDA GENOMIK SELEKSIYA (GENOMIC SELECTION, GS)NING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI
Esonov Sadriddin Olimovich, Kamilov Murodjon Muqumjonovich, Abdullayev Ismoiljon Ibraximjonovich, Rahmonov Shuxratbek Husanboyevich
Аңдатпа
Maqolada issiqxona sharoitida yetishtirishga moslashgan bodring (Cucumis sativus L.) F1 duragaylarini yaratishda genomik seleksiya (GS) texnologiyasining ilmiy-metodik asoslari, afzalliklari va amaliy tatbiq imkoniyatlari tahlil qilingan. An’anaviy fenotipik saralash hamda markerga asoslangan seleksiya (MAS) bilan qiyosiy tahlil asosida GS usulining miqdoriy (poligenli) belgilar — hosildorlik, partenokarpiya, meva sifati, kasalliklarga va abiotik stresslarga chidamlilik bo‘yicha bashorat aniqligini oshirishdagi ustunligi ko‘rsatilgan. O‘rgatuvchi populyatsiya hajmi, marker zichligi va belgi irsiylanish darajasining genomik bashorat aniqligiga ta’siri baholangan. GS texnologiyasini Andijon ilmiy-tajriba stansiyasining issiqxona bodringi seleksiya dasturiga joriy etish seleksiya siklini qisqartirish va genetik yutuqni tezlashtirish imkonini berishi asoslangan.
bodringCucumis sativusgenomik seleksiyaGEBVmarkerga asoslangan seleksiyaF1 duragaypartenokarpiyaginotsiylikissiqxonamiqdoriy belgilar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.