Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ZAMBURUG‘LI KASALLIKLAR BILAN ZARARLANGAN NOK BARGLARIDA FOTOSINTETIK PIGMENTLAR TAHLILI
Pulatov Azizjon Allayor o‘g‘li, Amonov Shaxboz To‘lqin o‘g‘li, Islomova Gulxayo Qarshiboy qizi
Аннотатсия
Zamburug‘li kasalliklar nok barglarida fotosintetik apparat faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, о‘simliklarning fiziologik holati va mahsuldorligini pasaytiradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi Venturia pyrina (nok parshasi) va Monilinia fructigena (monilioz) patogenlari bilan zararlangan nok barglarida fotosintetik pigmentlar miqdorining о‘zgarishini baholashdan iborat. Tahlillar natijasida kasallangan barglarda xlorofill-a miqdori 1,51–2,02 mg/g, sog‘lom barglarda esa 3,76–5,04 mg/g ni tashkil etib, uning miqdori 49,8–60,1% ga kamayganligi aniqlandi. Xlorofill-b miqdori mos ravishda 3,64–4,38 mg/g va 6,65–8,0 mg/g bо‘lib, 39,8–45,3% ga pasaygan. Umumiy xlorofill (Chl a+b) miqdori kasallangan barglarda 4,90–6,19 mg/g, sog‘lom barglarda 10,08–13,72 mg/g ni tashkil etib, umumiy fotosintetik pigmentlar 45,5–54,8% ga kamayganligi qayd etildi. Mazkur tadqiqotdan nok navlarining kasalliklarga chidamliligini baholashda muhim fiziologik mezon sifatida qо‘llanilishi mumkin.
Pyrus communisVenturia pyrinaMonilinia fructigenafotosintetik pigmentlarxlorofill-axlorofill-bfotosintezzamburug‘li kasalliklar.Pyrus communisVenturia pyrina
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.