Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
Turli genomga mansub bo’lgan g’o’za namunalarida o’suv va hosil shoxlarining shakllanishi.
Mamedova Feruza Faxriddinovna, Kurbonov Abrorjon Yorqinovich, Djumayev Sanjar Shukurovich, Isayeva Rayxona Madaminjon qizi, Nazirov Muhammadlatif Ma’ruf o’g’li
Аңдатпа
Mazkur tadqiqotda turli genomga mansub g‘o‘za nav va namunalarida monopodial hamda simpodial shoxlarning shakllanishi, irsiylanishi va o‘zgaruvchanligi o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida 27 ta seleksiya namunasi va C-6524 andoza navida monopodial hamda simpodial shoxlar soni bo‘yicha statistik tahlillar amalga oshirildi. Belgilarning o‘rtacha qiymati (M), standart og‘ish (δ), xatolik miqdori (m) va variatsiya koeffitsiyenti (V%) hisoblandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, monopodial shoxlar soni bo‘yicha CB-8 namunasi (M=1,70) yuqori vegetativ rivojlanish salohiyati bilan ajralib turgan bo‘lsa, CB-1, CB-6, CB-11 va CB-21 namunalari yuqori genetik barqarorlikni namoyon etdi. Simpodial shoxlar soni bo‘yicha esa CB-27 (M=16,70), CB-1 (M=16,30), CB-4 (M=15,70) va CB-8 (M=15,30) namunalari yuqori ko‘rsatkichlarga ega ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar asosida yuqori hosildorlik, genetik barqarorlik va seleksiya uchun istiqbolli namunalar ajratib olindi. Tadqiqot natijalari g‘o‘za seleksiyasida yuqori hosilli, muhit omillariga moslashuvchan va barqaror navlarni yaratishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
g‘o‘zagenommonopodial shoxlarsimpodial shoxlarseleksiya namunasiirsiylanisho‘zgaruvchanlikgenetik barqarorlikmorfologik belgilarhosildorlik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.