Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BRAKONNI KO‘PAYTIRISH QURILMASINI YARATISH
Sulaymonov Botirjon Abdushukirovich, Baxodirov Ulug‘bek Zokirjon o‘g‘li
Аңдатпа
Maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish, saqlash va qo‘llash samaradorligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yangi konstruksiyadagi qurilmaning tuzilishi va texnologik imkoniyatlari bayon etilgan. Qurilma katta mum parvonasi (Galleria mellonella L.) lichinkalari va g‘umbaklarini parazitlash, entomofag avlodlarini rivojlantirish hamda ularni saqlash va tarqatish jarayonlarini yagona texnologik tizimga birlashtirish imkonini beradi. Tadqiqotlar natijasida qurilmaning biolaboratoriya sharoitida brakonni ommaviy ko‘paytirish jarayonini soddalashtirishi, qo‘l mehnati sarfini kamaytirishi, entomofaglarning hayotchanligini oshirishi hamda ularni dala sharoitida samarali tarqatish imkonini ta’minlashi aniqlandi. Yaratilgan texnik yechim biologik himoya vositalarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va kelgusida mexanizatsiyalashgan tarqatish texnologiyalarini joriy etish uchun muhim ahamiyatga ega.
Bracon hebetor Sayentomofagbiologik himoyabiolaboratoriyaommaviy ko‘paytirishqurilmaGalleria mellonella L.parazitbiologik kurashagrobiotsenoz
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.