Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
NO‘XAT (CICER ARIETINUM L.) NAVLARIDA GERBITSID VA BIOSTIMULYATORLARNI KETMAKET QO‘LLASHNING VEGETATSIYA DAVRI VA HOSIL ELEMENTLARIGA TA’SIRI
Yo‘ldoshev Abdulaziz, Turdiyeva Nilufar
Аңдатпа
Ushbu maqolada no‘xatning “Zumrad” va “Polvon” navlarida gerbitsidlar (pendimetalin, prometrin va imazapyr asosidagi preparatlar) hamda “Ekobiosfera Organik plyus” biostimulyatorini ketma-ket qo‘llashning vegetatsiya davri davomiyligi va hosil elementlariga ta’siri o‘rganildi. 2022–2024-yillarda Toshkent viloyati Qibray tumani sharoitida olib borilgan dala tajribalari natijalariga ko‘ra, preparatlar o‘simliklarning fenologik rivojlanishini muvozanatlashtirib, hosil elementlarining shakllanishini sezilarli darajada yaxshilagan. Eng samarali variantlar sifatida Yastar 3,0–6,0 l/ga, Gambit 1,5 l/ga hamda Pilot gold 0,5–0,6 l/ga aniqlanib, ular vegetatsiya davrini optimallashtirish va hosildorlikni oshirishga xizmat qilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.