Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
NO‘XAT HOSILDORLIGIGA KASALLIK TURLARINING ZARARI
Raxmonov Jalil, Bababekov Qalandar, Razzokova Nazigul, Alamuratov Rayimjon, Xaytbaeva Nodira, Rasulova Madina
Аңдатпа
Maqolada lalmikor maydonlarda no‘xat ekinida uchraydigan un shudring, fuzarioz so‘lish va askoxitoz kasalliklarning tarqalishi monitoring qilingan. Bu kasalliklar o‘simlikning rivojlanishini sekinlashtirib, hosildorlikka 45-50% gacha zarar yetkazishi olib borilgan tajribalarda kuzatilgan. Zamburug‘ sporalarini saqlanish manbai askoxitoz kasalligida o‘simlik qoldiqlari va zararlangan urug‘larda, fuzarioz so‘lish kasalligini qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar esa tuproqda saqlanib o‘simlikga zarar keltirishi kuzatilgan. Urug‘ni ekishdan oldin sinovdan o‘tkazilgan urug‘dori preparatlar bilan dorilab ekish, o‘suv davrida un shudring va askoxitoz kasalliklarini belgilari paydo bo‘lganda ham sinovdan o‘tkazilgan fungitsidlar bilan ishlov berish kerakligi tavsiya etilgan.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.