Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
TAKRORIY EKIN SIFATIDA MOSH YETISHTIRISHNING TUPROQNING AGROKIMYOVIY XOSSALARIGA TA'SIRI
Shovkatov Bekzod, Negmatova Surayyo
Аннотатсия
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari sharoitida dukkakli ekin moshni “Durdona” navi takroriy ekin sifatida parvarishlanganda tuproqning agrokimyoviy xossalariga ekish muddati, me’yori hamda mikrobiologik o‘g‘itlarni ta’siri bayon etilgan. Mosh kuzgi bug‘doy ang‘izida don hosili uchun parvarishlashda erta muddatda (20-25.06) gektariga 14 kg me’yorda ekib, o‘simlik urug‘iga “Organit N” va “Organit P” mikrobiologik o‘g‘itlar qo‘llanganda tuproq xossalariga ijobiy ta’sir etib, tuproqning haydov qatlami (0-30 sm) da nitratli azot miqdori 1,36 mg/kg; harakatchan fosfor 1,05 mg/kg va almashinuvchi kaliy 7,0 mg/kg ga ko‘payganligi ilmiy izohlangan.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.