Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
RIJIK O‘SIMLIGINI YETISHTIRISHDA OZIQLANTIRISH ME’YORLARINING DON HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
O‘rinova Gulnora
Annotaciya
Mazkur maqolada rijik (Camelina sativa) o‘simligini yetishtirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlarining o‘sish va rivojlanish jarayonlariga, qishga chidamliligiga hamda don hosildorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Penziyak va Karat navlarida azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlarining turli me’yorlari qo‘llanilib, ularning vegetatsiya davri, dala unuvchanligi va hosildorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Olingan natijalar rijik ekinini yetishtirishda maqbul oziqlantirish me’yorlarini aniqlash va hosildorlikni oshirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.