Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BUG‘DOYDA BRONATE ULTRA 70% EC (“SIFAT AGRO-VET HIMOYA” XK, O‘ZBEKISTON) GERBITSIDINI BIR YILLIK IKKI PALLALI BEGONA O‘TLARGA QARSHI SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Jamolov Axadjon, Imomaliyev Erali, To‘ychiyev Xojimurod, Raxmonov Jalil
Аңдатпа
Ushbu maqolada kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi Bronate Ultra 70% em.k. gerbitsidining biologik samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar Farg‘ona viloyati sharoitida dala tajribalari asosida olib borildi. Preparatning 0,5 l/ga me’yorda qo‘llanilishi natijasida sho‘ra, olabo‘ta, sariq o‘t va bo‘ritaroq kabi begona o‘tlar soni sezilarli darajada kamayib, o‘rtacha 87,6% biologik samaradorlik qayd etildi. Preparat bug‘doy o‘simligiga fitotoksik ta’sir ko‘rsatmaganligi aniqlandi. Olingan natijalar Bronate Ultra 70% em.k. gerbitsidini kuzgi bug‘doy ekinlarida bir yillik ikki pallali begona o‘tlarga qarshi samarali qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.