Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QANDIM-QUMLI CHO’LLAR UCHUN QIMMATLI YAYLOVBOP O’SIMLIK
Adilov Sobitjon, G‘ulomov G‘ofir
Abstract
Maqolada qumli cho'llarda tarqalgan yovvoyi hayvonlar va chorva mollari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadigan qizil qandimning biologiyasi, qimmatli xo'jalikbop xususiyatlari hamda Markaziy Qizilqum milliy tabiat bog'ining 6 ta bo'limidan yig'ib olingan urug' namunalarining 1000 dona vazniga oid ma'lumotlar bayon qilingan. Qumli yaylovlarni qandim bilan fitomelioratsiyalash yaylovlardagi o'simlik qoplamini ozuqaviy xususiyatlarga boy turlar bilan boyitishga, ko'chma qumlarni mustahkamlashga, shuningdek, yaylovlar hosildorligini bir necha marta oshirishga sharoit tug'diradi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.