Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
O‘RINDOSH MAKKAJO‘XORINI HIMOYA QILISHNING GʻO‘ZA UCHUN AHAMIYATI
Xo‘jayev Shomil, Yuldashev Farrux
Аңдатпа
Mazkur maqolada gʻoʻza–bugʻdoy–oʻrindosh ekinlar tizimida makkajoʻxori va boshqa baland boʻyli oʻrindosh ekinlarni zararkunandalardan himoya qilishning gʻoʻza agrotsenozidagi fitosanitar holatga taʼsiri oʻrganilgan. Tadqiqotlar davomida makkajoʻxori poya parvonasi (Ostrinia nubilalis Hübner), leukaniya tunlami (Leucania spp.) va gʻoʻza tunlami (Helicoverpa armigera Hübner)ning rivojlanish xususiyatlari hamda ularning hosildorlikka taʼsiri baholandi. Zararkunandalarga qarshi samarali himoya usuli ishlab chiqilib, baland boʻyli ekinlarda purkash ishlarini osonlashtiruvchi yangi texnologik tizim tavsiya etildi. Tadqiqot natijalari oʻrindosh ekinlarda zararkunandalar sonini va ularning qishlovchi zaxirasini keskin kamaytirish, natijada esa keyingi yili gʻoʻza ekinlarining zararlanish darajasini pasaytirish imkonini berishini koʻrsatdi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.