Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA O‘SADIGAN IGNABARGLI VIRGIN ARCHASI (JUNIPERUS VIRGINIANA) NING EKOLOGIK OMILLARGA VA ZARARKUNANDALARGA CHIDAMLILIK DARAJASI
Utepbergenov Adilbay, Dauletmuratov Dastan
Аннотация
Mazkur maqolada Juniperus virginiana (Virginiya archasi) turining Qoraqalpog‘iston Respublikasi kabi keskin kontinental va sho‘rlangan tuproqli hududlardagi biologik barqarorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda daraxtning abiotik omillarga (yuqori harorat, qurg‘oqchilik, sho‘rlanish) nisbatan chidamlilik mexanizmlari hamda zararkunandalarga qarshi tabiiy himoya xususiyatlari o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tur boshqa ignabargli daraxtlarga nisbatan kamroq zararkunandalarga chalinadi, biroq ekologik stress davrida uning ham fitosanitar holatini nazorat qilish dolzarb hisoblanadi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.