Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ВОЗМОЖНОСТЬ РАСПРОСТРАНЕНИЯ БАКТЕРИАЛЬНОГО ОЖОГА ERWINIA AMYLOVORA В УЗБЕКИСТАНЕ
Учаров Артём, Рахматов Асрор, Акбаров Миржамол, Туропов Нодиржон
Annotatsiya
Erwinia amylovora bakteriyasining xo‘jayin o‘simliklari O‘zbekiston hududida keng tarqalgan. Bakterial kuyish kasalligi yuqori zarar yetkazish xususiyatiga ega bo‘lgani sababli pilot monitoring obyekti sifatida tanlandi. Kasallikning tarqalishida zararlangan ko‘chat materiallaridan tashqari yomg‘ir, suv va shamol ham muhim omillar hisoblanadi. Mamlakatda Erwinia amylovora kasalligining rivojlanishi va tarqalishi uchun qulay sharoitlar mavjudligi sababli, ushbu kasallik katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Gullash davrida 18–30 °C harorat va yog‘ingarchilikning mavjudligi o‘simliklarning zararlanishiga yordam beradi. Kasallikning avj olish holatlari muntazam emas va aksariyat hollarda oldindan bashorat qilib bo‘lmaydi. Bakterial kuyish kasalligining tarqalishi O‘zbekiston bog‘dorchiligi uchun jiddiy xavf tug‘dirib, hosildorlikning pasayishi hamda sezilarli iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.