Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ERTA PISHAR KARTOSHKA NAVLARIDA KULTIVATSIYA VA TUPROQ UYISHNING KARTOSHKA KUYASI (Phthorimaea operculella Zell.) ZARARLANISHIGA TA’SIRI
Shukurov Abdumalik
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot erta pishar kartoshka navlarida kultivatsiya va tuproq uyishning kartoshka kuyasi (Phthorimaea operculella Zell.) zararlanishiga ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tajriba umumiy 30 sotix maydonda, 6 ta variant — 3 ta nazorat va 3 ta kultivatsiya hamda tuproq uyish varianti shaklida o‘tkazildi. Har bir variantdan olingan hosilning 10 foizi namunaviy tekshiruvdan o‘tkazildi. Nazorat variantlarida zararlanish ozroq miqdorda aniqlangan bo‘lsa, kultivatsiya va tuproq uyish variantlarida kartoshka kuyasi umuman aniqlanmadi. Olingan natijalar kultivatsiya va tuproq uyishning Phthorimaea operculella ga qarshi yuqori agrotexnik samaradorligini isbotlaydi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.