Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QORAQALPOG‘ISTON AGROBIOTSENOZI SHAROITIDA SHAFTOLI DARAXTLARINING ASOSIY ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYASI VA ULARGA QARSHI KURASH USULLARI
Toreniyazov Tileumurat
Annotaciya
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi agrobiotsenozi sharoitida shaftoli daraxtlarida uchraydigan asosiy zararkunandalarning tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari va rivojlanish dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqotlar natijasida shaftoli shirasi (Myzodes persicae Sulzer) va katta shaftoli tana shirasi (Pterochloroides persicae Cholodkovsky) iqtisodiy jihatdan eng muhim zararkunandalar ekanligi aniqlangan. Ularning mavsumiy rivojlanishi, zarar yetkazish darajasi hamda hosildorlikka ta'siri baholandi. Zararkunandalarga qarshi biologik va kimyoviy kurash usullarining samaradorligi aniqlanib, ularni qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.