Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARNI SAQLASH DAVRIDAGI ZARARKUNANDALARI
Murodov Baqojon, Eshmurzayev Jasur, Shaymanov Mashrab, Qodirov Nodir
Аннотация
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash jarayonida uchraydigan asosiy ombor zararkunandalarining tur tarkibi, biologik xususiyatlari va zarar yetkazish darajasi o‘rganildi. Omborlarda saqlanayotgan don, don-dukkakli ekinlar hamda quritilgan mevalarga zarar yetkazuvchi qo‘ng‘izlar, parvonalar va kanalar tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida qattiqqanotlilar (Coleoptera) turkumi vakillari son jihatidan ustunlik qilishi aniqlandi. Shuningdek, janubiy ombor parvonasiga qarshi Habrobracon hebetor va turli ombor zararkunandalariga qarshi Chrysoperla carnea entomofaglarining biologik samaradorligi baholandi. Brakon entomofagi 1:10 va 1:5 nisbatlarda qo‘llanilganda 90–100 % biologik samaradorlikka erishildi. Olingan natijalar ombor zararkunandalariga qarshi ekologik xavfsiz biologik himoya usullarini amaliyotga joriy etish imkoniyatini ko‘rsatadi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.