Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
G‘O‘ZADA “TRUST KK” SUS.K. INSEKTITSIDINI G‘O‘ZA TUNLAMI ZARARKUNANDASIGA QARSHI BIOLOGIK SAMARADORLIGINI ANIQLASH
Durshimbetov Ispandiyar, Xabipnazarov Polat
Abstract
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani sharoitida g‘o‘za tunlami (Helicoverpa armigera Hübner)ga qarshi "TRUST KK" sus.k. insektitsidining biologik samaradorligi o‘rganildi. Dala tajribalari preparatning 0,15 va 0,20 l/ga me'yorlarida olib borildi hamda etalon preparat bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparatning 0,20 l/ga me'yori eng yuqoribiologik samaradorlikni namoyon etib, ishlov berilgandan 21 kun o‘tgach 90,3–90,5 % samaradorlikka erishildi. Preparat g‘o‘za tunlami sonini samarali kamaytirishi bilan birga foydali entomofaglarga salbiy ta'sir ko‘rsatmadi. Olingan natijalar preparatni g‘o‘za tunlamiga qarshi uyg‘unlashgan himoya tizimida qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.