Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
MELOIDOGYNE INCOGNITA GA QARSHI XITOZAN ASOSLI PREPARATLARINING NEMATITSID TA’SIRINI IN VITRO SHAROITIDA O‘RGANISH
Asrakulova Dilorom, Raxmonova Vazira, Saidova Shoira, Xudoyberdiyev Shuhrat, Rashidova Sayyora
Аңдатпа
Ushbu tadqiqotda Bombyx mori manbaidan olingan xitozan potensial biopolimer nematitsid sifatida baholandi. Molekulyar massasi (104–309 kDa) va deatsetillanish darajasi (75–91%) turlicha bo‘lgan 0,5% xitozan eritmalari M. incognita ning ikkinchi bosqich lichinkalari (J2) va tuxumdan chiqish jarayoniga ta’siri bo‘yicha o‘rganildi. Natijalar xitozanning nematitsid faolligi uning fizikkimyoviy xususiyatlariga kuchli bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Past molekulyar massali (110 kDa) va yuqori deatsetillanish darajasiga (≥85%) ega xitozan engyuqori samaradorlikni namoyon etib, lichinkalar hayotchanligini 74,5% gacha kamaytirdi hamda tuxumdan chiqishni to‘liq to‘xtatdi. Ushbu natijalar xitozanni nematodalarga qarshi kurashda ekologik xavfsiz va barqaror muqobil vosita sifatida qo‘llash imkoniyatini ko‘rsatadi.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.