Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ISSIQXONA OQQANOTIGA QARSHI BIOLOGIK KURASHDA ENKARZIYADAN FOYDALANISH
Saidova Zuxra, Buronov Yusuf, Ismailova Fotima, Tangriyeva Shahnoza
Аннотация
Issiqxona oqqanoti - Trialeurodes vaporariorum West.-issiqxona sharoitida yetishtiriladigan sabzavot ekinlarining eng xavfli zararkunandalaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekiston sharoitida ushbu zararkunanda nafaqat issiqxona, balki ochiq maydon sabzavotchiligiga ham katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Unga qarshi samarali va ekologik xavfsiz usullardan biri-entomofag, yaʼni parazit hasharot Encarsia formosa Gahan’dan foydalanishdir. Maqolada enkarziyaning biologik xususiyatlari, uning oqqanot lichinkalarida parazitlanish mexanizmi hamda ushbu entomofagni Oʻzbekistonda ochiq maydon va issiqxona sharoitida biologik himoya tizimida qoʻllash istiqbollari koʻrib chiqilgan.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.