Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
JANUBIY OROLBO‘YI HUDUDINING EKOLOGIK DEFORMATSIYASI SHAROITIDA DALA EKINLARINING INVAZIV ZARARKUNANDALARINING TARQALISHI
Zinatdinov Nuratdin, Shamuratova Nasima
Аннотатсия
Mazkur maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududining ekologik deformatsiyasi sharoitida yangi o‘zlashtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarida uchraydigan invaziv zararkunandalar tarkibi va ularning tarqalish xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar davomida Mo‘ynoq, Qanliko‘l, Shumanay va Qo‘ng‘irot tumanlarida mosh, kunjut, makkajo‘xori va oq jo‘xori ekinlarida monitoring ishlari olib borildi. Natijada kemiruvchi va so‘ruvchi zararkunandalarning asosiy turlari aniqlanib, ularning agrotsenozdagi ahamiyati baholandi. Olingan natijalar asosida zararkunandalarga qarshi kompleks kurash choralari tavsiya etildi.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.