Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)

QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH

Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek

Дар манбаъ хондан

Аннотатсия

Mazkur maqolada Bracon hebetor Say parazitini ommaviy ko‘paytirish uchun yaratilgan maxsus qurilmaning biologik samaradorligi baholangan. O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti biolaboratoriyasi sharoitida olib borildi. Tajribalarda xo‘jayin hasharot sifatida katta mum parvonasi (Galleria mellonella L.)ning oxirgi yoshdagi qurtlaridan foydalanildi. Yaratilgan qurilmada va an’anaviy usulda ko‘paytirilgan Bracon hebetor Say avlodlarining parazitlash faolligi, avlod mahsuldorligi, imagolar chiqishi, jinslar nisbati hamda saqlashdan keyingi reproduktiv ko‘rsatkichlari qiyosiy baholandi. Natijalarga ko‘ra, maxsus qurilmada parazitlangan xo‘jayin qurtlar soni 191,4 donani tashkil etib, an’anaviy usulga nisbatan yuqori bo‘lgan. Bir dona parazitlangan qurtdan chiqqan imagolar soni o‘rtacha 10,7 tani tashkil etgan bo‘lsa, an’anaviy usulda bu ko‘rsatkich 8,4 taga teng bo‘lgan. Qurilmada jami 2047,9 dona imago olinib, an’anaviy usulga nisbatan 33 % ko‘proq biomaterial yetishtirish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, urg‘ochi imagolar ulushi 7,9:2,1 nisbatda shakllanib, entomofagning reproduktiv salohiyati yuqori ekanligi aniqlangan. Entomofaglarni saqlashda +10°C harorat rejimi eng maqbul sharoit ekanligi belgilandi hamda ushbu haroratda saqlangan avlodlarda eng yuqori pushtdorlik ko‘rsatkichlari qayd etildi. Olingan natijalar maxsus qurilmaning Bracon hebetor Say parazitini biolaboratoriya sharoitida samarali ommaviy ko‘paytirish va saqlash uchun texnologik jihatdan istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.

Иқтибос гирифтан

APA 7
Sulaymonov Botirjon & Baxodirov Ulug‘bek (2026). QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK  KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini).
GOST R 7.0.5
Sulaymonov Botirjon, Baxodirov Ulug‘bek QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK  KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH // Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini). 2026.
BibTeX
@article{botirjon2026,
  author  = {Sulaymonov Botirjon and Baxodirov Ulug‘bek},
  title   = {QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK  KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH},
  journal = {Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)},
  year    = {2026}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Sulaymonov Botirjon
AU  - Baxodirov Ulug‘bek
TI  - QURILMADA KO‘PAYTIRILGAN BRACON HEBETOR SAY AVLODLARINING ASOSIY BIOLOGIK  KO‘RSATKICHLARINI BAHOLASH
JO  - Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini)
PY  - 2026
ER  -