Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA MIKROBIOLOGIK FAOLLIGI: QORAKO‘L VOHASI MISOLIDA
Ochilova Muyassar, Umarov Otabek
Annotatsiya
Mazkur maqolada Zarafshon daryosi quyi oqimida joylashgan Qorako‘l vohasi sug‘oriladigan tuproqlarining morfologik xususiyatlari va ularning mikrobiologik faollik bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqotlar dala kesmalari asosida olib borilib, tuproq gorizontlarining rang ko‘rsatkichlari, mexanik tarkibi, strukturasi hamda karbonatlarning tarqalishi aniqlangan. Natijalar tuproq profilining yuqori qatlamlarida organik moddalarning ko‘pligi tufayli mikrobiologik faollik yuqori ekanligini, chuqur qatlamlarga o‘tgan sari esa bu ko‘rsatkichlarning pasayishini ko‘rsatdi. Shuningdek, tuproqning morfologik tuzilishi va agrofizik xossalari mikroorganizmlar rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.