Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
ISSIQXONA SHAROITIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI ALLYUVIAL TUPROQLARIDA AZOT SHAKLLARINING DINAMIKASIGA O‘G‘ITLARNING TA’SIRI
Sanakulov Akmal, Islomov Asqarjon
Аннотация
Ushbu maqolada issiqxona sharoitida sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda azotning nitrat (N-NO₃) va ammoniy (N-NH₄⁺) shakllarining vegetatsiya davomida o‘zgarish qonuniyatlari o‘rganildi. Tadqiqotlar uch yillik tajribalar asosida olib borilib, turli o‘g‘it kombinatsiyalarining tuproqdagi azot rejimiga ta’siri baholandi. Natijalar nitrat azotning g‘unchalash fazasigacha ortib, keyinchalik kamayishini, ammoniy azot esa nitrifikatsiya jarayonlari hisobiga izchil kamayishini ko‘rsatdi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar kaliy nitrat qo‘llanilgan variantlarda qayd etildi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.