Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
NO‘XAT NAVLARI HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA SXEMALARINING TA’SIRI
Jabborov Farrux
Annotaciya
Keyingi yillarda dunyo aholisi sonining izchil o‘sib borishi natijasida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash global miqyosdagi dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda. Bu esa nafaqat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, balki uning samaradorligini oshirishni ham taqozo etadi. Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, yuqori hosildor hamda kasalliklarga chidamli navlarni yaratish, shuningdek ular uchun maqbul agrotexnik tadbirlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonning janubiy hududi Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlari sharoitida no‘xat navlari hosildorligiga ekish muddati va ekish sxemalarining ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida maqbul ekish muddati va ekish sxemasi aniqlanib, tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.