Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
BEDA KOLLEKSIYA NAMUNALARINING SELEKSIYA UCHUN AHAMIYATI
Amanturdiyev Shavkat, Karimov Ravshan, Amanturdiyev Botir, Sabirov Alisher, Muhammadiyev Bahrom, Umarova Manzura
Аннотация
Ushbu maqolada PSUYeAITI “Beda seleksiyasi va urug‘chiligi” laboratoriyasi tomonidan 2025-yilda ekilgan kolleksiya ko‘chatzoridagi xorijiy hamda mahalliy nav namunalarining birinchi yilgi beda uchinchi o‘rimi o‘simliklari bo‘yi va yashil massa mahsuldorligi bo‘yicha ma’lumotlar tahlili yoritilgan. Andoza Toshkent-1 navi o‘simliklari bo‘yining o‘rtacha ko‘rsatkich esa 64,5 sm, kolleksiya namunalarida esa 27,0 sm dan 78,0 sm gacha bo‘lganligi kuzatildi. Uchinchi o‘rimda andoza navining yashil massa mahsuldorligi 150,0 g/o‘s. dan 366,7 g/o‘s. gachaligi aniqlandi. Ajratilib olingan kolleksiya namunalarda andoza navga nisbatan 90,0% dan 169,6 % gacha bo‘lganligi aniqlandi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.