Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini (O‘simliklar himoyasi va karantini) (2026)
PISUM SATIVUM L. MIKROKO‘KATLARINI YETISHTIRISHDA OPTIMAL MUHIT PARAMETRLARINI ANIQLASH
Sayxonov Abdujabbor, Xakimova Gavhar, Jumanazarov G‘ayrat, Tursunaliyeva Mahliyo, Jabbarova Nozima
Abstract
Mazkur tadqiqotda Pisum sativum L. mikroko‘katlarini yetishtirishda muhit parametrlarining (harorat, yorug‘lik intensivligi va spektri, urug‘ zichligi hamda oziqlanish sharoitlari) o‘sish, rivojlanish va hosildorlikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot laboratoriya va kontrollangan yopiq sharoitlarda tajribaviy usulda olib borildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mikroko‘katlar uchun optimal sharoit 20-22°C harorat, 250 µmol/m²/s yorug‘lik intensivligi va 2 ta urug‘/sm² zichlik kombinatsiyasida shakllanadi. Ushbu sharoitda o‘simliklarning biomassa to‘planishi va umumiy hosildorligi eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.